TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi to‘g‘risida
TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi to‘g‘risida
2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yillar davomida hamkorlikni chuqurlashtirish, mukammal huquqiy bazani shakllantirish, mustahkam institutsional asoslarni yaratishga muvaffaq bo‘lingani ta’kidlandi. Tashkilotning mintaqaviy salmog‘i va global ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, barcha duch kelayotgan umumiy chaqiriqlarni muvaffaqiyatli yengish uchun sa’y-harakatlarni yanada birlashtirish zarurati kuchaymoqda.