Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Lotte Group” raisi Shin Don Binni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti, hurmatli Sadir Nurgʻojoyevich Japarovga bugungi “ShHT plyus” majlisini oʻtkazish borasidagi tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik izhor etaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BMT adolatli dunyo tartibotining asosiy boʻgʻini sifatida: “ShHT plyus” davlatlarining koʻp qutbli dunyoni shakllantirishga qoʻshayotgan hissasi” mavzusidagi “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti, hurmatli Sadir Nurgʻojoyevich Japarovga samimiy qabul va sammitni yuksak darajada tashkil etgani uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Jeyson Smit, Greg Merfi, Ronni Jekson va Edvard Keysdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.