O‘mondagi vatandosh: Konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir
O‘mondagi vatandosh: Konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir
MASQAT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvi hamda mazkur tadbirdagi nutqi haqida O‘mon Sultonligida istiqomat qilayotgan ijtimoiy faol vatandoshlarimizdan biri “Dunyo” axborot agentiligiga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bahodir To‘xtaboyev, «Borets Seven Seas Co. LLC» kompaniyasi mintaqaviy menejeri:
– O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida bildirgan fikrlari biz yoshlarni ertangi kunimizga ishonch bilan qarashga undaydi.
Darhaqiqat, Konstitutsiyaga muhim o‘zgartirishlar kiritish mamlakatning mustaqil rivojlanishi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib, Yangi O‘zbekiston barpo etilishi jarayonida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ulkan islohotlar uchun qonuniy poydevorni shakllantiradi.
Shu nuqtai-nazardan, davlatimiz rahbarining «Inson qadri uchun» g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson-jamiyat-davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotda bosh qadriyatga aylantirish zarur. Yaʼni insonning qadr-qimmati, shaʼni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak», degan fikrlari O‘zbekiston aholisining barcha huquqlari qonun tomonidan himoyalanishining garovi bo‘lib, respublikada tinch va osoyishta hayotning taʼminlanishiga va uning taraqqiyoti yo‘lidagi saʼy-harakatlarga munosib qonuniy asos hisoblanadi.