Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi
Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun g‘oyat muhim masala – davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
–Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi, – dedi Prezident.
Administratsiya rahbariga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlari hisobot berdi.