O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
SAMARQAND, 15-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmatiga maʼlumotiga ko‘ra, marosim Samarqanddagi samarali muzokaralar yakunida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur deklaratsiya O‘zbekiston va Rossiyaning ko‘p qirrali hamkorligi rivojida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Unda o‘zaro aloqalarga alohida eʼtiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralishi qayd etilgan.
Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, atom energetikasi, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni aniq yo‘nalishlar asosida rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Umuman, O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini 350 dan ziyod hujjat tashkil qiladi.