O‘zbekiston Prezidenti orden bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti orden bilan taqdirlandi
SAMARQAND, 15-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
Davlatimiz rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon joriy yilning iyul oyida qabul qilingan edi.
Prezidentimiz mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun O‘zbekiston xalqining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining eʼtirofi deb bilishini taʼkidladi.
Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishda xizmat ko‘rsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.