Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.
Elchi Koreya Respublikasi Oʻzbekistonni mintaqadagi asosiy hamkori deb bilishini va davlatlararo aloqalarni yanada faollashtirish uchun barcha choralarni koʻrishga tayyorligini bildirdi. Rasmiy Seul Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni olqishlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi hamda ularni amalga oshirishda har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyor.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini berdi.
Tomonlarning barcha sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyorligi taʼkidlandi.
Boʻlajak tadbirlar jadvali, jumladan, Toshkent shahrida TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi yuzasidan fikr almashildi.
“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi doirasidagi aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.