O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHTni Orol dengizidagi ekologik fojia oqibatlarini yumshatish bo‘yicha harakatlarda faol ishtirok etishga chaqirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHTni Orol dengizidagi ekologik fojia oqibatlarini yumshatish bo‘yicha harakatlarda faol ishtirok etishga chaqirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqib, mintaqaviy masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Vazir bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi oʻzaro ishonchga asoslangan muhit shakllanganini taʼkidladi: koʻplab toʻsiqlar bartaraf etildi, fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun sharoitlar yaratildi, oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini oshirish, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun qulay muhit shakllandi.
Joriy yilning iyul oyida Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyoni XXI asrda rivojlantirish bo‘yicha chinakam tarixiy Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik shartnomasi kelishib olindi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyoda ekologik muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda. Mintaqamizdagi iqlim o‘zgarishining sur’ati dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.
Shu nuqtayi nazardan, V.Norov YXHTni Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.