TIVda Italiyaning Afg‘onistondagi elchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi
TIVda Italiyaning Afg‘onistondagi elchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi
2022-yil 5-dekabr O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.Sidiqov Italiyaning Afg‘onistondagi elchisi (qarorgohi Doha shahrida) N.Kuintavalle bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish darajasini yuqori baholadilar. Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Afgʻonistondagi oʻtkir gumanitar inqirozni bartaraf etishga qaratilgan xalqaro hamjamiyatning qoʻshma harakatlarini ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.