Italiya Elchisi bilan uchrashuv
Italiya Elchisi bilan uchrashuv
2022-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinnani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama asosda, shuningdek, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” va “Markaziy Osiyo – Italiya” shakllaridagi munosabatlarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli daraja va formatlarda bo‘lajak qo‘shma muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.