BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘linmasi Bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Vladimir Norov O‘zbekiston BMT va uning institutlari bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimiz bugungi kunda BMT faoliyatida ishtirok etayotgani, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal etish bo‘yicha muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surayotgani ta’kidlandi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning xalqaro maydonda, birinchi navbatda, BMT doirasidagi faolligi ortib borayotgani, shuningdek, mamlakat rahbariyatining global va mintaqaviy tashabbuslari jahon hamjamiyatining keng qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari, inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.