Polsha Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
Polsha Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Polsha Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Grukni qabul qildi.
O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar tahlil qilindi.
V.Norov YXHTga Polsha raisligiga va joriy yilning 1-2-dekabr kunlari Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilot Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga yuqori baho berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining 30-noyabr – 3-dekabr kunlari Polshaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va ishbilarmon doiralar vakillari uchun o‘zaro asosda qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Shu nuqtayi nazardan, Polshada ishlayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar duch kelayotgan aniq muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda migratsiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish, bu borada qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.