Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv to’g’risida
Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv to’g’risida
2022-yil 9-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loev Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
2022-yili O'zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarida erishilgan natijalar va kelgusi yil uchun qo'shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni so'zsiz amalga oshirishga e'tibor qaratildi.
Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligini ta'kidlandi.