AQSh Davlat kotibi o'rinbosari bilan uchrashuv to'g'risida
AQSh Davlat kotibi o'rinbosari bilan uchrashuv to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo'yicha o'rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida fuqarolar xavfsizligi, terrorizm va odam savdosiga qarshi kurash sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
AQSh Davlat kotibi o'rinbosari O'zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish, jumladan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, majburiy va bolalar mehnatiga barham berish, din erkinligini ta'minlash, adliya tizimi shaffofligini, so'z va matbuot erkinligini mustahkamlash borasida erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston mintaqa uchun "namunali mamlakat" ga aylanib, qisqa muddat ichida ko'p yillik muammolarni tubdan hal etish bilan tub o'zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaqqol namoyish etdi.
Uzra Zeya O'zbekistondagi islohotlar siyosati AQSh Davlat departamentining asosiy ustuvor yo'nalishlariga to'liq mos kelishini alohida ta'kidladi. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yuqori dinamikasi va ishonchli xususiyatga ega bo’ishini ta'minlaydi.
Tomonlar, shuningdek, o'zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar. Rasmiy Vashington 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni to'liq amalga oshirishda mamlakatimizga har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligi alohida ta'kidlandi.