Tashqi ishlar vazirligida Amerikaning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi strategik tadqiqotlar markazi professori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Tashqi ishlar vazirligida Amerikaning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi strategik tadqiqotlar markazi professori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2022-yil 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi (Near East South Asia Center, NESA) professori Rojer Kangasni qabul qildi.
Suhbat chogʻida taʼlim sohasidagi tahlil markazlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston-AQSH hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar NESA bilan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va NESA markazi oʻrtasida yaqin hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.