Polsha Elchisi bilan uchrashuv haqida
Polsha Elchisi bilan uchrashuv haqida
2022-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Polsha Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Elchiga davlatimiz rahbarining xalqaro minbarlarda e’lon qilingan muhim tashabbuslari haqida ma’lumot berildi. Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida Afg‘oniston hukumati bilan tomonlar majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algorimini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokara guruhini shakllantirish haqidagi taklifining dolzarbligi alohida ta’kidlandi.
Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, jumladan, iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.