Ruminiya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
Ruminiya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Ruminiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristian Chobanu bilan uchrashdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar tashriflarini tashkil etish va qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish davlatlararo hamkorlikning muhim vositasi ekani qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida norma ijodkorligi, qonunchilik bazasini takomillashtirish va boshqa sohalarda muloqotni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
2023-yilda turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar jadvali yuzasidan taklif va fikr almashildi.