Misr Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
Misr Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2023-yil 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.
Suhbat chogʻida barcha sohadagi koʻp qirrali Oʻzbekiston-Misr hamkorligining oʻzaro manfaatli dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakatning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekani taʼkidlandi.
Muzokaralar chogʻida 2023-yilga moʻljallangan oliy va yuqori darajadagi Oʻzbekiston-Misr aloqalari va qoʻshma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.
Muzokaralar chogʻida oliy va yuqori darajadagi qoʻshma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.