O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tojikiston Elchisini qabul qildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tojikiston Elchisini qabul qildi
2023-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.
Tomonlar qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va ittifoqchilik tobora kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlarning hududlararo aloqalarni, shuningdek, madaniyat, fan, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalaridagi muloqotni kengaytirishga intilishi maʼlum qilindi.