Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
2023-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida Turkiya TIV rahbari Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.
Turli daraja va shakllarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlarning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chogʻida ham ikki tomonlama shaklda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida Oʻzbekiston-Turkiya aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.