“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatli harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir.
Konsullik yigʻimi va patent boji ham davlat boji hisoblanadi.
Qonunga koʻra, vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilar hisoblanadi.
Shuningdek, Qonunda davlat bojini undirish obyektlari hamda davlat boji stavkalarining miqdorlari belgilandi.
Qonun bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qatʼiy roʻyxati belgilab berildi.
Jumladan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda daʼvogarlar ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirilishi va Davlat byudjetiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali