MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskva shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda MDH sammitiga yakuniy tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlari bir-birini birlashtiruvchi mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan uzoq yillik tarixiy aloqalarga egaligi ta’kidlanib, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. O‘zaro aloqalarni mustahkamlash, savdo uchun eng qulay muhitni yaratish, dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan mojarolarni hal qilish, tinchlik va farovonlik uchun kuchlarni birlashtirish, mintaqaviy va global masalalar asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.