O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Har tomonlama strategik sheriklikning barcha jihatlarini qamrab olgan samarali muloqot o‘tkazildi. O‘zbekiston Prezidentining joriy yil boshida Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish, aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdik.