O'zbekiston tashqi ishlar vaziri O'mon elchisini qabul qildi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri O'mon elchisini qabul qildi
TOSHKENT, 17-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugun Tashqi ishlar vazirligida O'mon Sultonligi Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim bilan uchrashdik, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. — Biz Elchi xonimning o'tgan bir yilda mamlakatimizdagi faoliyati davomida munosabatlarini boyitish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaymiz. 2025-yil yana-da samarali bo'lishi kutilmoqda. Mamlakatlarimizning keng imkoniyatlariga ishbilarmon doiralarning qiziqishi ortib borayotgani, ham ikki, ham ko'p tomonlama shakllardagi samarali hamkorlik va boshqa muhim masalalar bugungi kun tartibimizning asosiy mavzularidan bo'ldi".
Eslatib o'tamiz, O'mon elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy 2023-yil 13-noyabr kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlari nusxalarini va 2024-yil 7-may kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.