Shartnomaviy-huquqiy boshqarmalar ekspert guruhlarining videokonferentsaloqa uchrashuvi
2020 yil 18-avgust O'zbekiston Respublikasining Muskat shahridagi elchixonasi O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O'mon Sultonligining shartnomaviy-huquqiy boshqarmalari ekspert guruhlarining videokonferentsaloqa shaklida uchrashuvi o'tkazdi. Tadbir davomida ishtirokchilar imzolangan ikki tomonlama hujjatlarning inventarizatsiyasini o'tkazdilar, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning huquqiy asoslarini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.