"ALIA Group" kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi
2020 yil 20-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi o'rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O'zbekistonning Masqat shahridagi elchixonasi bilan birgalikda "ALIA Group" O'mon investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan videokonferensaloqa formatida muzokaralar o'tkazdi.
Uchrashuv chog'ida tomonlar ikki mamlakat o'rtasida neft-gaz sanoati, tog'-kon va qurilish sanoati, qishloq xo'jaligi, turizm, logistika va savdo kabi sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar.