MARKAZIY OSIYODA TAʼLIM INTEGRATSIYASI:
SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR
Markaziy Osiyo geografik joylashuviga koʻra, azaldan turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va ilmiy maktablar, maʼrifat oʻchoqlari tutashgan global chorraha boʻlib kelgan. Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan taʼlim va ilm-fan integratsiyasi, akademik harakatchanlik hamda tadqiqotlar zamonaviy zarurat emas, balki mintaqaning ming yillik tarixiy-madaniy merosi va boy ilmiy anʼanalariga asoslangan tabiiy, qonuniyatli jarayondir.