TIV rahbarining Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvi
TIV rahbarining Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvi
2025-yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuv o'tkazdi.
Ikki qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish kun tartibimizdagi eng ustuvor yo‘nalishligi ta’kidlandi. Davlat Rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarimizning ijobiy yoʻnalishining doimiyligini ta’minlashda mustahkam va uzoq muddatli poydevor yaratdilar.
Bugungi muhokamalarda hamkorlikning hech bir jihati e’tibordan chetda qoldirilmagan holda barcha yo‘nalishla qamrab olindi. 2025-yil kun tartibi barcha darajalar va sohalarda rejalashtirilgan qator intensiv almashinuvlarga boy.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B.Saidov Turkmaniston tashabbusi bilan qabul qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yilining boshlanishi bilan tabrikladi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikkita muhim hujjatni imzolandi:
- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi;
- Shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirish to‘g‘risida Protokol.
Bundan tashqari, tomonlar xalqaro tashkilotlarda ikki mamlakat nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida notalar almashdi.