Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi ko‘p asrlik ilmiy va madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda

O‘mon Sultonligi poytaxti Maskat shahrida “O‘zbekiston – O‘mon: madaniy aloqalar. Movarounnahr – asrlar osha taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.




...
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi Maskatda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvni O‘monlik hamkasblari bilan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar bo‘lajak tadbirning asosiy jihatlarini, jumladan, mazmunan boy madaniy dastur shakllantirish, ijodiy chiqishlarni tashkil etish, O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchilik namunalari taqdimoti, shuningdek, mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi noyob qadimiy kitoblarni namoyish etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligida ko‘chmas mulk sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni birlashtiruvchi Oman Real Estate Association (OREA) rahbari Hassan Rughaishi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida ko‘chmas mulk sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan fikr almashildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning SABCO Group kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Xolid bin Hamad Al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va SABCO Group kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligidagi Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Hüseyin Erganini O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligini yanada rivojlantirish, an’anaviy do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda O‘mon Sultonligida ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.



...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi, professor Rashid Al-Balushini O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida Komissiya va O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning qariyb 100 ta mamlakatida bo‘lgan, jumladan, O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurgan taniqli o‘monlik sayohatchi Nosir al-Nu’moniy bilan qiziqarli va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi hamda o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yangi mamlakatlarni kashf etish bilan birga, ularning tarixi, madaniyati va an’analariga alohida qiziqish bilan yondashadigan inson bilan uchrashuv o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Nosir al-Nu’moniyning O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurgani uning mamlakatimizga va boy madaniy merosimizga bo‘lgan alohida qiziqishidan dalolat beradi.