Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning Khimji Ramdas kompaniyasi Iste’mol mahsulotlari klasteri bosh direktori janob Sridhar Moosatepa va divizion menejeri janob David Christudoss bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Khimji Ramdas kompaniyasini O‘zbekiston eksportchilari bilan bog‘lash hamda O‘zbekiston mahsulotlarini O‘mondagi SPAR gipermarketlariga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.



...
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining nufuzli vakillari bilan uchrashdi

Bugun O‘mon Sultonligining hurmatli va nufuzli vakillari — Sultonlik Vaqflar va diniy ishlar vazirining maslahatchisi doktor Ismoil al-Avfiy, shayx Sayf al-Maskariy hamda Zohir al-Maskariy bilan O‘zbekiston Respublikasining O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov ishtirokida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



...
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning 30-sentabr – 2-oktabr kunlari Maskat shahriga amalga oshirgan amaliy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi.

Tashrif doirasida Ummon davlat tuzilmalari va yetakchi kompaniya rahbarlari bilan bir qator sermahsul muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiyot vaziri Xamis bin Saif Al-Jabriy hamda Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Anvar bin Hilol Al-Jabriy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish hamda transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni atroflicha muhokama qildilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining yetakchi va nufuzli biznes konglomeratlaridan biri — «Khimji Ramdas» kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Kompaniya rahbari Varun Pankaj Ximji va yuqori rahbariyat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, xususan, O‘zbekistondan O‘mon bozoriga mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi TIV Markaziy Osiyo departamentining yangi tayinlangan direktori Shayx Abbos al-Harsi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Shayx Abbos al-Harsi mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklandi va unga kelgusi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.


...
O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalam Xatamov Ummon Sultonligida faoliyat yuritayotgan suvni tozalash, oqova suvlarni tozalash va suvni chuchuklashtirish texnologiyalari sohasida 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Canadian Crystalline Water India Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida suv texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida kompaniyaning suvni tozalash, oqova suvlarni qayta ishlash va suvni chuchuklashtirish sohasidagi tajribasi hamda texnologik imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlarini o‘rganish va mamlakatdagi istiqbolli loyihalarda ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning yetakchi konglomeratlaridan biri — “Khimji Ramdas” kompaniyasi vakillarini O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlar aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadamlarni davom ettirishga kelishib olindi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining Madaniyat, sport va yoshlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol al-Busaidiy Janobi Oliylari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va O‘monning boy tarixiy-madaniy merosini o‘zaro targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.