Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
Жорий йилининг 25-26 октябрь кунлари Ўмонда аёл регбичилар ўртасида "Asia Rugby Emirates Women's Sevens Trophy 2025" турнири бўлиб ўтди

Unda Osiyo qit'asidan 15 ta jamoa, shu jumladan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. Mamlakatimiz regbichilari "A" guruhida kurash olib bordi. Dastlab Livan terma jamoasi ustidan 39-0 hisobida g'alabaga erishgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ikkinchi turda Eron terma jamoasidan 5-12 hisobida mag'lubiyatga uchradi.



...
O'monning "Asdaa Oman" gazetasida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi.

Muallif Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Tahliliy tadqiqotlar markazi direktori, siyosiy fanlar doktori professor Sayfiddin Jo'rayev davlatimiz rahbarining Bryusselga rasmiy tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotgan O'zbekiston va YEI o'rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning (EPCA) ahamiyatini tahlil qilgan.


...
O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ayni kunlarda Funun Hospitality and Project Management LLC kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Siham bint Ahmad al-Harsiya rahbarligidagi O‘mon Sultonligi ishbilarmon ayollar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.




...
O‘monning “Asdaa Oman” nashri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, u yerdagi boy tarixiy-ma’naviy merosni keng ko‘lamda namoyish etishga qaratilgan ishlarni ko‘zdan kechirgani haqida maqola e’lon qildi.

Maqolada davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 iyundagi qarori bilan ushbu ulkan va noyob loyihaga asos solingani, shuningdek, majmuaga 2018 yilning Ramazon hayitida tamal toshi qo‘yilgani e’tirof etilgan.


...
O'monning "Asdaa Oman" nashrida O'zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuviga bag'ishlangan maqola chop etildi.

Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli keyingi yillarda O'zbekiston-Saudiya ko'p qirrali sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko'tarildi. Qo'shma loyihalarning umumiy portfeli 27 milliard dollardan oshdi. O'zaro savdo hajmi barqaror oshib bormoqda. Aviaqatnovlar soni haftasiga 60 martadan ortdi.


...
O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida "Markaziy Osiyo: jadal rivojlanayotgan mintaqa va yangi ufqlar" sarlavhali maqola chop etildi.

Nashrda mintaqa davlatlarining infratuzilma, sanoat, energetika va texnologiyalar bo'yicha manfaatlari uyg'unligi, Kaspiydan Tyan-Shan tog'larigacha bo'lgan yo'laklar esa bo'lajak Yevroosiyo sanoat xaritasining asosiga aylanayotgani qayd etilgan.


...
2025-yil 12-oktabr kuni O‘zbekistonning O'mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O'monning Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri janob Qays al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.