Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasining imzolanishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi.

Maqolada qayd etilishicha, ushbu bitim Anqarada O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov va Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler tomonidan imzolangan. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sanoatini rivojlantirish va harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.



...
O‘mon Sultonligining “Asdaa Oman” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida maqola eʼlon qilindi.

Gazetada muallif O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi o‘z ahamiyatiga ko‘ra har yilgi murojaatdan siyosiy jihatdan ancha keng bo‘lganini taʼkidlagan.

Nashrda qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti sifatli va tizimli yangilanishning jadal yo‘lini bosib o‘tdi. 2010-yillarning o‘rtalarida O‘zbekiston YIMning nominal hajmi 60-65 milliard dollar atrofida bo‘lgan, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich Murojaatnomada taʼkidlanganidek, 145 milliard dollarga yetdi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov “Agriculture and Fisheries development LLC” Bosh menejeri Nidal al - Hanbali janoblari bilan uchrashuv o’tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov “Agriculture and Fisheries development LLC” Bosh menejeri Nidal al - Hanbali janoblari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari exporti sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Tojikiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi (qarorgohi Kuvayt shahrida joylashgan) Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Zubaydullo Zubaydzoda Najotni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Tojikiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi (qarorgohi Kuvayt shahrida joylashgan) Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Zubaydullo Zubaydzoda Najotni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi. Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan bir qator muhim masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.


...
O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasi tomonidan Maskatdagi suriyaliklar xonadonida hech qanday hujjatlarsiz qoldirib ketilgan, 2023-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik bolakayga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Ushbu bola tug‘ilganida uning onasi tomonidan tug‘ruqxonaga nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma taqdim etilmagani sababli, chaqaloqqa hech qanday hujjat rasmiylashtirishning imkoni bo‘lmagan. Qolaversa, bolaning onasiga nisbatan O‘monda jinoiy ish ochilgani bois, u tug‘ruqxonani yashirincha tark etgan.


...
Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Iroq Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Qays Saad Al-Amriyni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv avvalida A. Xatamov Janob Qays Saad Al-Amriyning tashrifi O‘zbekiston tomoni uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan qator masalalarni muhokama qildilar.


...
Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov akvakultura sohasiga ixtisoslashgan “Fish Manafe Al Musanna Trading” kompaniyasi rahbari janob Naser al-Saadiy hamda kompaniya vakillari bilan Elchixonada uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirish masalalari yuzasidan, xususan, baliq mahsulotlari yetishtirishni diversifikatsiya qilish hamda akvakultura sohasida qo‘llaniladigan ozuqa sifatini oshirishga qaratilgan bir qator takliflarni bildirdi. Ayni paytda kompaniya O‘zbekiston bozorini o‘rganish bosqichida bo‘lib, ushbu muhim sohani rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni taklif etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.


...
Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov AMJ yuridik firmasining vakillari — Operatsion faoliyat bo‘yicha direktor Patrik Kollinz va Bosh yurist Endryu Koddington bilan uchrashuv o‘tkazdi.

AMJ kompaniyasi qariyb 40 yillik tajribaga ega bo‘lgan O’monning yetakchi yuridik firmalaridan biridir. Firma korporativ va tijorat huquqi, loyihalar va energetika, qo‘shilish va qo‘shib olishlar, loyiha moliyalashtirish hamda sud ishlariga ixtisoslashgan. AMJ O’monning davlat va xususiy tuzilmalari bilan keng aloqalar tarmog‘iga ega bo‘lib, mamlakatda biznes yuritish uchun ishonchli hamkor sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.


...
Joriy yilning 11-dekabr kuni Sulton Qobus nomidagi Arab tilini o‘qitish institutida tahsil olayotgan O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘istondan kelgan talabalar bilan O‘zbekiston Respublikasining O‘mondagi Elchixonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turkiy dunyoni munosib tarzda namoyon etayotgan ushbu fidoyi talabalar bilim va tajribalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy dunyoqarashlarini kengaytirish yo‘lida faol harakat qilmoqdalar. Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Arab mintaqasida yurtlarimiz nufuzini yuksaltirib kelayotgan talabalarimizga chuqur minnatdorlik bildirildi.