Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
Ўзбекистон инвестициялар, саноат ва савдо вазири Лазиз Кудратов бошчилигидаги мамлакатимиз делегацияси шу йилнинг 19-20 август кунлари амалий ташриф билан Ўмонда бўлди.

Ўмоннинг Миллий ахборот агентлигининг ("ONA") ёзишича, ташриф давомида 19 август куни Масқат шаҳрида Ўзбекистон инвестициялар, саноат ва савдо вазири Лазиз Кудратовнинг Ўмон савдо, саноат ва инвестицияларни рағбатлантириш вазири Қайс бин Муҳаммад Ал-Юсуф билан учрашуви бўлиб ўтди. Унда икки дўст давлат ўртасидаги савдо-иқтисодий ҳамкорликни ривожлантириш, сармоя, импорт ва экспорт масалалари, саноат ва савдо соҳасидаги истиқболли йўналишлар муҳокама қилинди.


...
O‘zbekistonning Ummondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘zbekiston elchixonasida Eronning Ummondagi elchisi, hurmatli hamkasbi janob Musa Farhang (Mousa Farhang) bilan iliq va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi va tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy mavzular muhokama qilindi. Bunday aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklik muloqotini chuqurlashtirish va do‘stona rishtalarni mustahkamlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.


...
O‘zbekistonning Ummondagi elchisi Abdusalom Xatamov Siham Development & Investment kompaniyasi ijrochi direktori, Ummon Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Siham Al-Xarsi xonim bilan samarali suhbatlashdi.

Suhbat chog‘ida joriy yilning avgust oyida ummonlik ishbilarmon ayollarning O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, savdo, sarmoya va turizm sohalarida yangi loyihalarni muhokama qilish imkoniyatlari kelishib olindi.


...
O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov 80 dan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurgan o‘monlik mashhur sayohatchi Nosir al-Nu’maniy bilan O‘monda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish va mazkurning yurtimizga tashrifini uyushtirish masalalarini muhokama qildi.

Joriy yilning 5-7 iyulida Masqatga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi doirasida “O‘zbekiston – Ipak yo‘li gavhari” shiori ostida “Road Show” - turistik forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur tadbirning samarali o‘tkazishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgani uchun N.al-Nu’moniyga Elchixona nomidan minnatdorchilik izhor etildi.


...
O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatiya akademiyasi direktori janob Humaid al-Maani bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatiya akademiyasi direktori janob Humaid al-Maani bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida u O‘zbekiston va O‘mon diplomatik akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, ikki davlat yosh diplomatlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish maqsadida mamlakatlarda qo‘shma diplomatik kurslar tashkil etish masalalarini muhokama qildi.


...
O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo departamenti rahbari Janob Ahmad al-Maskariy hamda hamkasblar bilan ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning bugungi holati va istiqbollariga oid masalalarini atroflicha muhokama qildi.

O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo departamenti rahbari Janob Ahmad al-Maskariy hamda  hamkasblar bilan ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning bugungi holati va istiqbollariga oid masalalarini atroflicha muhokama qildi.


...
O‘zbekistonga O‘mondan turistlar oqimini oshirish masalasini muhokama qilish maqsadida O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov 4-avgustda Sultonlikdagi yirik turkompaniyalardan biri – “E-Travel & Tourism” shirkati rahbari Ejaz Kazi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonga O‘mondan turistlar oqimini oshirish masalasini muhokama qilish maqsadida O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov 4-avgustda Sultonlikdagi yirik turkompaniyalardan biri – “E-Travel & Tourism” shirkati rahbari Ejaz Kazi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida jumladan Sultonlikdagi yirik turistik shirkatlar vakillari hamda blogerlardan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga infoturga yuborish masalalarini muhokama qilindi.


...
Ўмоннинг оммабоп "Asdaa Oman" газетасида "Ўзбекистон халқаро ҳамкорлар билан биргаликда келажакка йўналтирилган янги транспорт йўналишларини яратмоқда" сарлавҳали мақола эълон қилди.

Унда БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учунчи конференциясининг мақсад ва ғоялари қаламга олинган. "Ўзбекистон ўзининг географик чекловларига қарамай, халқаро иқтисодий жараёнларга фаол қўшилмоқда. Шунингдек, мамлакат "Трансафғон темир йўли, Ўрта йўла, "Бир макон – бир йўл" каби лойиҳаларда ташаббускор сифатида қатнашиб, транспорт ва логистика инфратузилмасини модернизация қилаяпти", – дейилган нашрда.


...
Ўмоннинг оммабоп "Asdaa Oman" газетасида Ўзбекистон Олий Мажлис Сенати аъзоси Жамила Бобоназарова қаламига мансуб "Янги Ўзбекистон ўзининг 34 йиллик мустақиллиги бўсағасида" сарлавҳали мақоласи чоп этилди.

Муаллиф Ўзбекистон мустақилликка эришганидан сўнг амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотлар натижасида давлатчилик асослари мустаҳкамланганини, тинчлик, миллатлараро тотувлик ва қонун устуворлиги таъминланганини таъкидлаган.


...
"Oman Trading Establishment" компанияси раҳбари Саад Суҳайл Баҳван (Ўмон) Ўзбекистон мустақиллигининг 34 йиллиги арафасида "Дунё" АА учун берган интервьюсида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг самарали натижалари ҳақидаги фикрларини билдирди:

– Ўзбекистонга биринчи марта 15 йил олдин борган эдим. Шу йил май ойида Тошкентда бўлиб ўтган муҳим сармоявий форумда иштирок этиш учун Ўзбекистонга қайтдим. Ташриф чоғида Президент Шавкат Мирзиёев билан учрашиш шарафига муяссар бўлдим. Биз Ўзбекистон етакчиси билан учрашишни илтимос қилдик, у рози бўлди. Унинг қанчалик камтар экани, хорижлик сармоядорларни Ўзбекистонга келишга рағбатлантиришни чин дилдан истаётгани мени ҳайратда қолдирди.