Uchrashuv chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati yuzasidan mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shayx Xalifa muqaddam O‘mon Sultonligining Hindistondagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgani va u yerning hukmdorlari tarixi bilan qiziqishini bila turib, u kishiga A.Xatamov tomonidan kichik tuhfa sifatida Boburiylar imperiyasining asoschisi, Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi, uning hukmronlik davri va merosi borasida so‘zlovchi kitobni mamnuniyat bilan taqdim etildi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va O‘mon tadbirkor ayollari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba va bilim almashish, qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi. Xususan, ayol tadbirkorlarning o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish, investitsiyaviy loyihalarni joyida o‘rganish hamda istiqbolli sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Мақолада Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 23 сентябрь куни Нью-Йорк шаҳрида БМТ Бош Ассамблеясининг 80-сессияси доирасида ташкилот Бош котиби Антониу Гутерриш билан учрашув ўтказгани маълум қилинган.
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov, O‘mon Sultonligida 30 dan ortiq supermarketlarga ega "Lulu International Group" shirkatining hududiy rahbari K.A.Shabir va Yaqin Sharqdagi yirik treyder kompaniyalardan biri - "Berry Mount Vegetables and Fruit Trading LLC" ijrochi direktori Subayr Muhammad Alilar bilan O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Sultonlikka eksportini jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.
Эслатиб ўтамиз, Муҳаммад Ал-Ҳажарий 2024 йил октябрда Тошкент ва Хива шаҳарларида бўлиб ўтган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияда бевосита иштирок этган.
Nashr ta’kidlashicha, shu hafta davomida O‘zA minbarlarida chiqqan "O‘zbekiston – Bahrayn munosabatlari izchil rivojlanmoqda”, “Iordaniya va O‘zbekiston savdo imtiyozi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga kelishib oldi”, “O‘zbekistonda yana ikki oliy ta’lim dargohi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda”, “O‘zbekiston va Fransiya yadro sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda” kabi qator maqolalar o‘monlik o‘quvchilarda alohida qiziqish uyg‘otgan.
Ўзбекистон Туризм қўмитаси раиси Умид Шодиев қаламига мансуб ушбу мақолада Ўзбекистоннинг туризм соҳаси жадал суръатлар билан ўсиш суръатини бошдан кечираётгани қайд этилади. Ўзбекистонда Самарқанд, Бухоро, Хива ва бошқа маданий дурдоналарни кашф этаётган сайёҳлар сони ортиб бормоқда ва ҳукумат бу соҳани миллий иқтисодиётнинг асосий ҳаракатлантирувчиси деб ҳисоблаб, уни ривожлантиришга устувор аҳамият қаратмоқда.
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O’mon Sultonligidagi “Bayt al-Qiro’a” ayollar madaniy kitobxonlar jamiyati rahbari Halima al-Balushiy va jamiyat faol a’zosi Sayyida Jihod al-Busaydiy bilan birgalikda shu oyda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ilmiy seminarning tashkiliy jihatlari yuzasidan mazmunli suhbat o‘tkazdi.
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligida Protokol boshqarmasi rahbari elchi Najib al-Balushi bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir bir qator muhim masalalar yuzasidan samarali va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.