Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov Keniya Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Janob Abdi Aden Korio bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Keniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, xususan, savdo, investitsiyalar va biznesdan biznesga hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning yirik qurilish kompaniyalaridan biri — “Syed Fayyaz Group” (SFG) asoschisi va rahbari Syed Fayyaz Ali Shahni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida SFG kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirib kelish imkoniyatlari, istiqbolli investitsiya yo‘nalishlari, potensial loyihalar hamda uzoq muddatli hamkorlik formatlari muhokama qilindi.


...
Абдусалом Хатамов: Мустақиллик – буюк неъмат, миллий ғурур ва тараққиётимизнинг мустаҳкам пойдеворидир!

Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!

Истиқлолимизнинг 35 йиллиги байрами муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Ўмон Султонлигидаги Фавқулодда ва мухтор элчиси Абдусалом Хатамов ўз табригини изҳор этди.


...
Тошкентда Ўмонлик журналистлар билан учрашув бўлиб ўтди.

Бугун Тошкент шаҳрида Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази томонидан ташкил этилган медиа-форумда иштирок этиш мақсадида Ўзбекистонга ташриф буюрган бир гуруҳ Ўмонлик журналистлар билан учрашув бўлиб ўтди.


...
O‘mon Sultonligi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi

O‘mon Sultonligi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi

O‘mon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori Hamad bin Muhammad al-Davyaniy hamda delegatsiya a’zolari “O‘zarxiv” agentligi vakillari hamrohligida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik klub direktori Sharm Majolika xonimni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, xalqaro aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.


...
Ўзбекистон ўсмирлар қизлар терма жамоаси Women’s Junior AHF Cup 2026 мусобақасида бронза медалини қўлга киритди

Ўзбекистон Республикасининг ўсмирлар қизлар терма жамоаси 2026 йилги Women’s Junior AHF Cup мусобақасида муносиб иштирок этиб, фахрли учинчи ўринни эгаллади ва бронза медалига сазовор бўлди.


...
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida Oman Textile Mills Co. LLC (NASEEJOMAN) kompaniyasining marketing bo‘yicha bosh direktori janob Fasim Putxiya bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, maxsus ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli to‘qimachilik materiallari va matolarini yetkazib berish masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Qatar Davlatining O‘mon Sultonligidagi Elchixonasiga tashrif buyurdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi nomidan Qatar Davlatining sobiq Amiri, Janobi Oliylari Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.

Tashrif davomida Abdusalom Xatamov hamdardlik kitobida yozuv qoldirib, Qatar rahbariyati va xalqiga samimiy hamdardlik bildirdi hamda ushbu og‘ir motam kunlarida O‘zbekiston xalqining fikr va duolari marhum Amirning oila a’zolari hamda Qatar xalqi bilan ekanligini ta’kidladi.


...
2026 yil 7 - 13 iyul kunlari O‘mon Savdo-sanoat palatasi Direktorlar kengashi a’zosi, uning ad-Daxiliya filiali raisi Saif bin Nosir at-Taivoni boshchiligidagi biznes-delegatsiya investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va ikki tomonlama ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.