Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


...
G20 va O‘zbekiston: yangi iqtisodiy voqelikda investitsiyalar, sanoat va savdo

Bugungi kunda O‘zbekiston ichki islohotlari jahon iqtisodiy jarayonlari bilan tobora chambarchas bog‘lanib borayotgan yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mamlakat oldiga iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, sanoatni texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, yirik hajmdagi investitsiyalarni jalb etish, eksportni kengaytirish hamda xalqaro qo‘shilgan qiymat zanjirlariga integratsiyalashuv kabi ulkan maqsadlar qo‘yilgan.


...
МАДАНИЯТ – МИЛЛАТНИНГ ИШОНЧ ДАРАХТИ ЎЗБЕКИСТОН – АҚШ

Дунё халқларини бир-бирига яқинлаштирадиган, давлатлар ўртасида ўзаро ишонч муҳитини мустаҳкамлайдиган энг таъсирчан омиллардан бири – маданиятдир. Зеро, маданият миллатнинг юзи, маънавиятининг ифодаси, тарихи ва келажаги, асрий қадриятлар бешигидир. Бугунги кунда мамлакатлар ўртасидаги муносабатлар нафақат иқтисодий манфаатлар, балки маданий-гуманитар ҳамкорлик орқали ҳам янги мазмун ва аҳамият касб этмоқда.


...
O‘zbekiston – Ozarbayjon: ekologik hamkorlik strategik sheriklikning muhim yo‘nalishiga aylanmoqda

Bugungi kunda ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalari O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi va istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ikkala mamlakat ham "yashil" iqtisodiyotga o‘tish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, bioxilma-xillikni asrash hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Shu bois so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi ekologik hamkorlik nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy va xalqaro maydonlarda ham izchil rivojlanib bormoqda.


...
O‘zbekiston – Qirg‘iziston: chegaradosh qo‘shnichilikdan uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik sari

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu munosabatlarning asosini umumiy chegara, tarixiy yaqinlik, davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqot hamda savdo, transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va chegaraoldi hududlarini rivojlantirish sohalaridagi tobora kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqlik tashkil etadi. Shu bois ikki tomonlama kun tartibi odatiy yaxshi qo‘shnichilik doirasidan chiqib, kompleks iqtisodiy sheriklik tusini olmoqda.


...
Самарқандда “Биродар шаҳарлар – барқарор ривожланиш ва халқ дипломатиясининг янги модели” мавзусида халқаро илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди

Жорий йил 24 июль куни Самарқанд шаҳрида “Биродар шаҳарлар – барқарор ривожланиш ва халқ дипломатиясининг янги модели” мавзусида халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.


...
Марказий Осиё ва Озарбайжон: “яшил” энергетика маконини биргаликда барпо этаётган стратегик шериклар

Сўнгги йилларда Марказий Осиё ва Озарбайжон энергетика соҳасидаги ҳамкорлик мутлақо янги босқичга кўтарилди.  Бу жараён, аввало, давлат раҳбарларининг ўзаро ишонч, дўстлик ва яхши қўшничилик тамойилларига асосланган оқилона сиёсати самарасидир. Ана шу қатъий сиёсий ирода туфайли минтақада илгари фақат истиқбол сифатида баҳоланган йирик энергетика ташаббуслари бугун амалий босқичга чиқиб, Марказий Осиёнинг барқарор тараққиёти ва глобал “яшил” трансформациясига хизмат қилаётган муҳим лойиҳаларга айланмоқда.