Tashrif doirasida Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich Radman bilan tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yish, shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, Hukumatlararo komissiyani tashkil etish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. Muzokaralar yakunida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Xorvatiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturi imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Xalqaro valyuta jamgʻarmasi “Shveysariya guruhi”ning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan jamgʻarma boshqaruvchi direktorining oʻrinbosari Bo Lini qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Jahon banki taʼsischi davlatlarining “Shveysariya guruhi” yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global oʻzgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
Muallif O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotgan salohiyatini har tomonlama yoritib bergani, savdo, investitsiya, logistika, turizm va sanoat sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovordir.
Suhbat davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligida islom dini arkonlari bo‘yicha ta’lim berish va imom-xatiblar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi — Shariat fanlari kolleji rahbari Rashid bin Ali al-Harisiy bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.