Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona yangiliklari


...
O‘zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov Livan Respublikasining O‘mon Sultonligiga tayinlangan yangi elchisi Majdi Ramadonni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Livan o‘rtasidagi munosabatlarni turli sohalarda izchil rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


...
O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘monning nufuzli tadbirkorlaridan biri, Al Siyabi International Group kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Shayx Salim Ali al-Siyabiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘mon Sultonligida ko‘chmas mulk va investitsiya loyihalarida faol ishtirok etib kelayotgan Shayx Salim Ali al-Siyabiy O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirdi.


...
2026 yil iyun oyidan boshlab Oman Air — Oman Sultonligining milliy aviakompaniyasi — Muscat–Tashkent–Muscat yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovning ochilishi savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, turizm va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Mazkur reys ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik faolligini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov WJ Towell LLC shirkati direktori Murtado Ahmad Sulton bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar to‘qimachilik mahsulotlari eksporti sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar hamda mazkur yo‘nalishda savdo aloqalarini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.



...
23–24-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi, Qatar Davlati va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Vafo al-Busaidi, Hasan bin Hamza Hoshim, Demiye Haddad bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar davomida O‘zbekiston va mazkur mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor masalalari muhokama qilindi. Madaniy-gumanitar aloqalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.