Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston - Shaxmat Olimpiadasi chempioni



O‘zbekiston - Shaxmat Olimpiadasi chempioni

ТОШКЕНТ, 9 август. /«Дунё» АА/. Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi, 11-turida O‘zbekiston jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, 188 jamoa ishtirok etgan olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri .

Maks Uormerdamga qarshi dona surgan Jahongir Vohidov g‘alaba bilan muxlislarimizni xursand qildi. Bunga qadar vakillarimiz 3 ta durang natijani qayd etishgan edi. 

Shu tariqa, vakillarimiz o‘z tarixida ilk bor shaxmat Olimpiadasining bosh sovrini - oltin medal egasiga aylandi.

Alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimiz vakillari o‘tkazilgan uchrashuvlarning birortasida mag‘lubiyat nimaligini bilmadi, jahonning ko‘zga ko‘ringan jamoalari bilan tengma-teng dona surdi.

“Dunyo” AA jamoasi ushbu ajoyib g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi!



  ...