Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va O'mon tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkdagi uchrashuvda bo'lajak tadbirlar jadvalini ko'rib chiqdilar



O'zbekiston va O'mon tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkdagi uchrashuvda bo'lajak tadbirlar jadvalini ko'rib chiqdilar

TOSHKENT, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari bilan BMT bosh qarorgohida uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va O'mon o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Shuningdek, ikki va ko'p tomonlama shakldagi bo'lajak tadbirlar jadvali, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni, shuningdek, o'sib borayotgan hamkorligimizni yana-da boyitish yo'llarini ko'rib chiqdik".



  ...