Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'mon investitsiya agentligi ko'magida Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir o'quv seminari tashkil etildi



O'mon investitsiya agentligi ko'magida Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir o'quv seminari tashkil etildi

MASKAT, 11-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan O'mon investitsiya agentligi ko'magida Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga bag'ishlangan o'quv seminari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Guliston davlat universitetida 5-fevral kuni o'tkazilgan o'quvlarda Sirdaryo viloyati Savdo sanoat palatasi, investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi va banklar xodimlari ishtirok etdi.

Trening davomida, uning ishtirokchilari investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda yordam beradigan zarur ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha o'tkazilgan seminar qatnashchilar malakasini oshirish va hududga investitsiyalar jalb qilish uchun shart-sharoit yaratishda muhim qadam bo'ldi.



  ...