4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vyetnam tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Le Thi Thu Hang bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Vyetnam savdo, sarmoya va madaniy almashinuv yoʻnalishlarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash sari intilayotganligi ta’kidlandi. Hamkorlikni chuqurlashtirish orqali tomonlar taraqqiyot va umumiy farovonlik uchun yangi imkoniyatlar ochishiga urg’u berildi. Kengayib borayotgan ikki tomonlama aloqalarning yil davomidagi kun tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyorliklarini bildirdilar.