2025-yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tashkilot tashkil topganidan buyon ShHT amaliy va pragmatik hamkorlikning muhim maydoniga aylanganligi qayd etildi. Shuningdek, tashkilot doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, aʼzo davlatlar oʻrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Oʻzbekiston koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning umumiy ravnaqiga hissa qoʻshishga sodiqligicha qolishi ta’kidlandi.