Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi.



9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muzokaralar davomida siyosiy muloqotni kengaytirish, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni AQSh tomonidan mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashni yuksak baholadi.

Tomonlar O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining ijobiy dinamikasini saqlab qolish istagini tasdiqladilar. Strategik sheriklik doirasida yuqori darajadagi muloqotni va amaliy hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishildi.



  ...