Joriy yilning 23-25 iyun kunlari Samarqandda BMT shafeligida Davlat xizmatlari forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘mon Sultonligidan Mehnat vaziri Mahad bin Said Ba’vin boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tashrif doirasida o‘monlik vazir O‘zbekiston Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Amirtemurxon Musayev, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.