O'zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov 80 dan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurgan o‘monlik mashhur sayohatchi Nosir al-Nu’maniy bilan O‘monda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish va mazkurning yurtimizga tashrifini uyushtirish masalalarini muhokama qildi.
Joriy yilning 5-7 iyulida Masqatga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi doirasida “O‘zbekiston – Ipak yo‘li gavhari” shiori ostida “Road Show” - turistik forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur tadbirning samarali o‘tkazishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgani uchun N.al-Nu’moniyga Elchixona nomidan minnatdorchilik izhor etildi.