O‘zbekistonning Ummondagi elchisi Abdusalom Xatamov Siham Development & Investment kompaniyasi ijrochi direktori, Ummon Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Siham Al-Xarsi xonim bilan samarali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida joriy yilning avgust oyida ummonlik ishbilarmon ayollarning O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, savdo, sarmoya va turizm sohalarida yangi loyihalarni muhokama qilish imkoniyatlari kelishib olindi.