O'monning "Asdaa Oman" gazetasida "O'zbekiston...tosh yo'lning kuyini yozganda" sarlavhali maqola chop etildi.
Maqolada Buyuk ipak yo'lining markazida joylashgan O'zbekiston, o'zida ulkan tarixni aks ettiruvchi, go'zal tabiat va o'ziga xos an'analarga, betakror madaniyatga ega mamlakat sifatida ta'riflangan.
"O'zbekiston insoniyat kitobining yorqin sahifasi sifatida porlamoqda, bu yerda toshlar torlarga, devorlar kuylarga, yo'llar esa asrlar davomida yangraydigan tirik xotiraga aylanadi", – deb yozgan muallif.
Shuningdek, nashrda qadimdan O'zbekistonga tashrif buyurganlar o'zlari bilan nafaqat mahsulot, balki madaniyat, ilm va ziyo olib ketgani qayt etilgan.
"Bugun, tosh va musiqa bilan to'lgan bu shaharlar qarshisida turgan sayohatchi shuni tushunadiki, sivilizatsiyalar faqat moddiy kuch bilan emas, balki ular ruhda qoldiradigan iz bilan quriladi. Shu sababli, O'zbekiston nafaqat sayohatga taklif, balki eshitishga da'vatdir. Tarix musiqasini, inson va zamin, xotira va kelajak o'rtasidagi muloqotni tinglashga chorlovdir", – deb yozilgan maqolada.