Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiya tashkilotlari va kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari bilan uchrashdi.



O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiya tashkilotlari va kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari bilan uchrashdi.

"Bugun TIVda "JICA", "JETRO" hamda yetakchi yapon kompaniyalari – "Sumitomo Corporation", "ITOCHU Corporation", "Toyota Tsusho Corporation", "Marubeni Corporation", "MITSUI & Co", "Mitsubishi Corporation", "Sojitz Corporation" vakillari bilan foydali uchrashuv bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekistonda xorijiy ishbilarmonlar uchun amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar, ilg'or texnologiyalar va yapon kompaniyalarining boy tajribasini hisobga olgan holda o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Mavjud masalalarga eng yaxshi yechimlarni topish, biznes uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va boshqa muhim masalalar kun tartibimizdagi asosiy mavzulardan bo'ldi".



  ...