Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Dohada bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi qo'shma favqulodda sammitiga tayyorgarlik bo'yicha tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida ishtirok etdi.

"Bugun hamkasblarim bilan birgalikda Isroilning yaqinda Qatar Davlatiga uyushtirgan hujumini muhokama qilishga bag'ishlangan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi qo'shma favqulodda sammitiga tayyorgarlik bo'yicha tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida ishtirok etdik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Kun tartibimiz mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolar, tinchlikka tahdid soluvchi yangi xatarlar hamda muzokara va muloqotning ustuvor ahamiyati masalalariga qaratildi.

Biz Qatarning mintaqada tinchlik va farovonlikni diplomatiya yo'li bilan mustahkamlash borasidagi sobitqadam va fidokorona sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaymiz. O'zbekiston doimo barcha nizolarni faqat muloqot orqali hal etish tarafdori bo'lib kelgan va bu tamoyilga sodiq qoladi".

  ...